Namangan shahar suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimi modernizatsiya qilinadi
05 апрел, 2026
infratuzilma
DXSh
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) hamkorligida Namangan shahridagi kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida:
- 10 000 m³ hajmli tozalash inshooti quriladi
- 40 km yangi quvur liniyalari yotqiziladi
- 28 km eski tarmoqlar yangilanadi
- 42 000 nafar aholi uchun xizmat sifati yaxshilanadi
Bu davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) loyihasi bo'lib, O'zbekistondagi birinchi oqava suvlarni tozalash DXSh loyihasi hisoblanadi.