Hindiston kompaniyasi Namangandagi loyihalarga 50 million dollar sarmoya kiritmoqchi
11 апрел, 2026
investitsiya
tibbiyot
Hindistonning Krsnaa Diagnostics kompaniyasi Namangan viloyatidagi farmatsevtika va diagnostika loyihalariga 50 million dollar sarmoya kiritish niyatini bildirdi.
Loyiha doirasida zamonaviy diagnostika markazi va farmatsevtika zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu viloyatda tibbiyot sohasini rivojlantirish va yangi ish o'rinlari yaratishga xizmat qiladi.